AI tahlil

Grafikni oʻqish shart emas — tizim xulosani oʻzi yozib beradi

AI tahlil yuklama, davomat va topshiriqlar dinamikasini koʻrib chiqadi va muhim oʻzgarishlarni oddiy jumlalar bilan aytadi: «Jasur uch haftadan beri ishi koʻp», «IT boʻlimida kechikishlar kamaydi».

AI tahlil: avtomatik xulosa va tavsiyalar

Bu modulsiz qanday boʻladi

Tanish muammolar

01

Raqam koʻp, xulosa yoʻq

Hisobotlar bor, lekin ularni tahlil qilishga vaqt yoʻq.

02

Muammo kech bilinadi

Xodim charchab ketgach yoki ish kechikkach maʼlum boʻladi.

03

Yaxshi natija sezilmaydi

Kim oʻsgani va maqtovga loyiqligi eʼtibordan chetda qoladi.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda

  1. Maʼlumot yigʻiladi

    Har kungi koʻrsatkichlar bir joyda.

  2. Qoidalar tekshiradi

    Oʻnlab qoidalar oʻzgarish va xavflarni qidiradi.

  3. Xulosa yoziladi

    Rahbarga tushunarli jumlalar va tavsiyalar.

Imkoniyatlar

Modulda nimalar bor

Ortiqcha yuklama ogohlantirishi

Uzoq vaqt ishi koʻp xodimlar haqida.

Davomat oʻzgarishi

Kechikishlar oʻsgan yoki kamaygan boʻlimlar.

Muddat xavfi

Kechikish ehtimoli yuqori topshiriqlar.

Ijobiy dinamika

Natijasi oʻsgan xodim va boʻlimlar.

Oʻzbek tilida tabiiy matn

Grammatik toʻgʻri, tushunarli jumlalar.

Mini App ichida

Rahbar xulosani telefonida oʻqiydi.

Maʼlumot tashqariga chiqmaydi

Tahlil E-OFIS ichida, oʻzimizning qoidalar dvigatelida bajariladi — maʼlumotlaringiz uchinchi tomon AI xizmatlariga yuborilmaydi.

  • Tashqi AI xizmatlarisiz
  • Har kuni yangilanadi
  • Tavsiya bilan birga
Samaradorlik tahlili: reyting va ball tarkibi

Savol-javob

AI tahlil

Bu ChatGPT kabi tizimmi?

Yoʻq. Tahlil oʻzimizning qoidalar dvigatelida ishlaydi va maʼlumotlar tashqariga chiqmaydi.

Xulosalar qanchalik ishonchli?

Ular faqat tizimdagi haqiqiy koʻrsatkichlarga asoslanadi va har biri qaysi raqamdan kelib chiqqanini koʻrsatadi.

Qayerda koʻrinadi?

Rahbarning Telegram Mini App panelidagi «AI tahlil» boʻlimida.

Tashkilotingizda qanday ishlashini 30 daqiqada koʻring

Demoda tizimni aynan sizning tuzilmangiz misolida koʻrsatamiz va savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yoʻq.

  • Oʻrnatish shart emas
  • Tuzilmani birga sozlaymiz
  • Telegram botni ulab beramiz