Topshiriqlar

Har bir topshiriq — muddati, masʼuli va hisoboti bilan

Topshiriqni webdan, Telegram guruhidan yoki ovozli xabar bilan berasiz. Xodim uni Telegramda oladi, fayl bilan hisobot yuboradi, siz esa bir bosishda qabul qilasiz yoki izoh bilan qaytarasiz.

Topshiriqlar roʻyxati va tanlangan topshiriq tafsiloti

Bu modulsiz qanday boʻladi

Tanish muammolar

01

Topshiriq chatda koʻmilib ketadi

Guruhda yozilgan vazifa ertasiga yangi xabarlar ostida qoladi, kim olgani esa noaniq.

02

Muddat esdan chiqadi

Kim eslatishi kerak? Odatda hech kim — muddat oʻtgach bilinadi.

03

Hisobot har joyda

Kimdir chatga, kimdir pochtaga, kimdir ogʻzaki aytadi. Tarix saqlanmaydi.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda

  1. Topshiriq berasiz

    Bir yoki bir nechta masʼul, muddat, muhimlik darajasi va fayllar. Kerak boʻlsa — har hafta yoki har oy takrorlanadigan qilib.

  2. Xodim bajaradi

    Topshiriq Telegramga keladi. Xodim jarayonni belgilaydi va natijani fayl bilan yuboradi.

  3. Siz tekshirasiz

    Hisobotni qabul qilasiz yoki izoh bilan qaytarasiz. Har bir qaytarish tarixda qoladi.

Imkoniyatlar

Modulda nimalar bor

Bir nechta masʼul

Har bir ijrochining holati alohida: kim topshirdi, kim hali ishlayapti.

Muhimlik va muddat

Toʻrt daraja muhimlik, muddati oʻtganlar avtomatik ajralib turadi.

Takrorlanuvchi topshiriq

Haftalik yoki oylik hisobotlar oʻzi qayta yaratiladi — qoʻlda eslatish shart emas.

Qaytarish tarixi

Hisobot nechta marta qaytarilgani va nima uchun — hammasi saqlanadi.

Ovozli va guruhdan

Ovozli xabar yoki guruhdagi /topshiriq buyrugʻi — topshiriqqa aylanadi.

Excel eksport

Filtrlangan roʻyxatni bir bosishda Excelga chiqarib olasiz.

Rahbar har kuni nima berganini koʻradi

Kun oxirida tizim bugun bergan topshiriqlaringizni va ularning holatini Telegramga yuboradi. Hech biri nazoratdan chetda qolmaydi.

  • Kunlik «bergan topshiriqlarim» xulosasi
  • Muddati yaqinlashganlar haqida eslatma
  • Boʻlim boshligʻi ham oʻz xodimlariga topshiriq beradi
Telegram bot: ovozli topshiriq va kunlik hisobot

Savol-javob

Topshiriqlar

Topshiriqni bir nechta xodimga berish mumkinmi?

Ha. Har bir ijrochi oʻz hisobotini alohida yuboradi va siz har birini alohida qabul qilasiz yoki qaytarasiz.

Xodim Telegramdan foydalanmasa-chi?

U web paneldan ham xuddi shu topshiriqlarni koʻradi va hisobot yuboradi. Telegram faqat qulaylik uchun.

Topshiriqni kim bera oladi?

Rahbariyat va boʻlim boshliqlari. Kim kimga topshiriq bera olishi rollar va boʻlim tuzilmasi orqali belgilanadi.

Tashkilotingizda qanday ishlashini 30 daqiqada koʻring

Demoda tizimni aynan sizning tuzilmangiz misolida koʻrsatamiz va savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yoʻq.

  • Oʻrnatish shart emas
  • Tuzilmani birga sozlaymiz
  • Telegram botni ulab beramiz