Murojaat va ruxsatlar

Ariza yozish va imzo yigʻish oʻrniga — bir necha bosish

Xodim kechikish yoki kelolmaslik uchun ruxsat soʻraydi, taklif yoki muammo bilan murojaat qiladi. Boʻlim boshligʻi yoki HR Telegramda tasdiqlaydi — davomat esa oʻzi oqlanadi.

Murojaatlar va ruxsat soʻrovlari

Bu modulsiz qanday boʻladi

Tanish muammolar

01

Qogʻoz ariza

Ariza yozish, imzo yigʻish va kanselyariyaga topshirish — butun yarim kun.

02

Ogʻzaki kelishuv

«Aytgan edim-ku» — lekin hech qayerda yozilmagan.

03

Murojaat javobsiz

Xodimning taklifi yoki muammosi kimgadir aytildi va unutildi.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda

  1. Xodim yuboradi

    Turi, vaqti va sababi — Telegram yoki web orqali.

  2. Masʼul koʻradi

    Boʻlim boshligʻi yoki HR xabarnoma oladi.

  3. Qaror qayd etiladi

    Tasdiq yoki rad etish izoh bilan saqlanadi.

Imkoniyatlar

Modulda nimalar bor

Ruxsat soʻrash

Kech qolish, erta ketish yoki kelolmaslik — vaqt oraligʻi bilan.

Oylik limit

Bir oyda nechta ruxsat soʻrash mumkinligini belgilaysiz.

Davomat bilan bogʻliq

Tasdiqlangan ruxsat kechikishni avtomatik oqlaydi.

Murojaat kategoriyalari

Taklif, shikoyat, texnik muammo — oʻz turlaringiz.

Topshiriqqa aylantirish

Murojaatdan bir bosishda masʼulli topshiriq yaratiladi.

Toʻliq tarix

Kim, qachon soʻradi va kim qanday javob berdi.

Boʻlim boshligʻi oʻz xodimlarini oʻzi tasdiqlaydi

Soʻrovlar avval boʻlim boshligʻiga, kerak boʻlsa HRga boradi. Hech biri bir kishining stolida qolib ketmaydi.

  • «Meniki / Xodimlarniki» koʻrinishi
  • Telegramda tasdiqlash
  • Holat oʻzgarsa xodimga xabar
Telegram Mini App: xodim paneli, topshiriq va samaradorlik

Savol-javob

Murojaat va ruxsatlar

Ruxsatni kim tasdiqlaydi?

Xodimning boʻlim boshligʻi yoki HR. Tartibni tashkilotingizga moslab sozlaymiz.

Oylik limitni oʻchirsa boʻladimi?

Ha, limit 0 boʻlsa — cheklovsiz.

Murojaatni anonim yuborish mumkinmi?

Murojaat yuboruvchi bilan bogʻlanadi — shunda javob aniq odamga boradi va kuzatiladi.

Tashkilotingizda qanday ishlashini 30 daqiqada koʻring

Demoda tizimni aynan sizning tuzilmangiz misolida koʻrsatamiz va savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yoʻq.

  • Oʻrnatish shart emas
  • Tuzilmani birga sozlaymiz
  • Telegram botni ulab beramiz