Boʻlim boshligʻi

Jamoangizni boshqaring — har bir ishni eslab yurmasdan

Boʻlimingiz xodimlariga topshiriq berasiz, hisobotlarni tekshirasiz va kim qancha band ekanini koʻrasiz. Ruxsat soʻrovlari ham avval sizga keladi.

Topshiriqlar roʻyxati va tanlangan topshiriq tafsiloti

Hozir qanday

Sizga tanish boʻlsa kerak

01

Kim nima qilyapti?

Har bir xodimdan alohida soʻrab chiqishga toʻgʻri keladi.

02

Yuk notekis

Ikki kishi kechgacha ishlaydi, boshqalar esa boʻsh.

03

Yuqoriga hisobot

Rahbariyat uchun boʻlim holatini qoʻlda yigʻasiz.

E-OFIS bilan

Nima oʻzgaradi

Topshiriq va tekshiruv

Xodimlaringizga topshiriq berasiz, hisobotni qabul qilasiz yoki qaytarasiz.

Jamoa yuklamasi

Har bir xodimning bandligi darajasi bilan.

Kunlik ishlar

Kim nimani rejalashtirgani va bajargani.

Soʻrovlarni tasdiqlash

Ruxsat soʻrovlari avval sizga keladi.

Bir kun misolida

E-OFIS bilan oddiy ish kuni

  1. Jamoa yuklamasini koʻrib, yangi ishni boʻshroq xodimga berasiz.
  2. Kelgan hisobotni izoh bilan qaytarasiz — tarixda qoladi.
  3. Xodimning ertaga kech qolish soʻrovini tasdiqlaysiz.
  4. Boʻlimingizning kunlik ishlari hisoboti tayyor.

Savol-javob

Boʻlim boshligʻi

Boshqa boʻlim xodimlarini koʻramanmi?

Yoʻq, boʻlim boshligʻi faqat oʻz boʻlimi xodimlarini boshqaradi. Kengroq huquqni rahbariyat beradi.

Loyiha ochsam boʻladimi?

Ha, boʻlim boshligʻi loyiha yaratib, jamoasini boshqaradi.

Tashkilotingizda qanday ishlashini 30 daqiqada koʻring

Demoda tizimni aynan sizning tuzilmangiz misolida koʻrsatamiz va savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yoʻq.

  • Oʻrnatish shart emas
  • Tuzilmani birga sozlaymiz
  • Telegram botni ulab beramiz