Savol-javob
Koʻp beriladigan savollar
Javob topmadingizmi? Demo soʻrovida savolingizni yozing — mutaxassisimiz javob beradi.
Umumiy
E-OFIS nima?
E-OFIS — tashkilot ichidagi ishni boshqarish tizimi. U topshiriqlar, davomat, hujjatlar, murojaatlar va loyihalarni bitta joyga yigʻadi hamda har bir xodimning yuklamasi va samaradorligini avtomatik hisoblaydi.
Kimlar uchun moʻljallangan?
Davlat tashkilotlari, taʼlim muassasalari va xususiy kompaniyalar uchun — 10 kishilik jamoadan tortib, filiallari bor katta tashkilotlargacha.
Qaysi tillarda ishlaydi?
Oʻzbek, rus va ingliz tillarida. Har bir foydalanuvchi oʻz tilini tanlaydi.
Ulanish va narx
Qanday boshlanadi?
Demo soʻrovini qoldirasiz, biz tizimni koʻrsatamiz, tuzilmani va xodimlarni import qilamiz, Telegram botni ulab beramiz.
Ulanish qancha vaqt oladi?
Odatda bir necha kun: tuzilma, xodimlar roʻyxati va kerakli modullar sozlanadi.
Narx qanday hisoblanadi?
Xodimlar soni va yoqilgan modullarga qarab. Aniq taklif uchun soʻrov qoldiring.
Telegram va davomat
Xodimlar ilova oʻrnatishi kerakmi?
Yoʻq. Xodimlar Telegram bot va Mini App orqali ishlaydi.
Turniket bilan ishlaydimi?
Ha, Hikvision turniket va yuz tanish terminallaridan davomat avtomatik olinadi.
Telegramsiz ishlasa boʻladimi?
Ha, barcha amallar web panelda ham mavjud.
Xavfsizlik
Boshqa tashkilot bizning maʼlumotni koʻra oladimi?
Yoʻq. Har bir tashkilot maʼlumoti ajratilgan va bu har bir soʻrovda tekshiriladi.
AI tahlil maʼlumotni tashqariga yuboradimi?
Yoʻq. Tahlil tizim ichidagi qoidalar dvigatelida bajariladi.
Maʼlumot yoʻqolsa-chi?
Muntazam zaxira nusxalar olinadi, oʻchirilgan fayllar esa tiklash muddati davomida saqlanadi.
Tashkilotingizda qanday ishlashini 30 daqiqada koʻring
Demoda tizimni aynan sizning tuzilmangiz misolida koʻrsatamiz va savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yoʻq.
- Oʻrnatish shart emas
- Tuzilmani birga sozlaymiz
- Telegram botni ulab beramiz