Hujjatlar va raqamlar

Kerakli hujjat — ikki bosishda, xat raqami — tartib bilan

Nizomlar, shablonlar va buyruqlar kategoriyalar boʻyicha bitta omborda. Chiquvchi xat yoki buyruq uchun raqam tizimdan olinadi — dublikatsiz, tasdiq va isbot hujjati bilan.

Hujjatlar ombori va xat-buyruq raqamlari

Bu modulsiz qanday boʻladi

Tanish muammolar

01

Hujjat kimdadir qolgan

Shablonning eng soʻnggi nusxasi qaysi? Har kim oʻz papkasidan qidiradi.

02

Raqamlar chalkash

Bir raqam ikki xatga berilgan yoki raqam jurnali yoʻqolgan.

03

Kim nimani koʻradi

Maxfiy hujjat hammaga ochiq yoki aksincha — kerakli odam topa olmaydi.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda

  1. Kategoriya va huquq

    Hujjat kerakli boʻlimga joylanadi va kim koʻrishi belgilanadi.

  2. Raqam soʻraladi

    Xodim xat yoki buyruq turi uchun raqam soʻraydi.

  3. Tasdiq va isbot

    Masʼul tasdiqlaydi, imzolangan nusxa biriktiriladi.

Imkoniyatlar

Modulda nimalar bor

Ichma-ich kategoriyalar

Boʻlim → yoʻnalish → hujjat turi tartibida.

Koʻrinish huquqlari

Hamma uchun, faqat rahbarlar uchun yoki tanlangan xodimlar uchun.

Xat-buyruq raqamlari

Har bir hujjat turi uchun alohida raqamlash tartibi.

Imzolovchilar

Kim qaysi turdagi hujjatni imzolay olishi belgilanadi.

Bayon va bildirgilar

Ichki hujjat turlari reyestri.

Fayl hayot sikli

Oʻchirilgan fayl tiklash muddati davomida saqlanadi.

Raqamni Telegramdan ham soʻrash mumkin

Xodim Mini App orqali raqam soʻraydi, masʼul esa uni oʻsha yerda tasdiqlaydi. Hammasi jurnalda qoladi.

  • Raqam soʻrovi va tasdiq
  • Isbot hujjatini biriktirish
  • Turlar boʻyicha hisobot
Telegram Mini App: xodim paneli, topshiriq va samaradorlik

Savol-javob

Hujjatlar va raqamlar

Raqam takrorlanib qolmaydimi?

Yoʻq. Raqam har bir hujjat turi uchun tizimning oʻzida ketma-ket beriladi.

Hujjatni kim yuklay oladi?

Hujjatlarni boshqarish huquqi berilgan foydalanuvchilar. Qolganlar faqat oʻzlariga ochiq hujjatlarni koʻradi.

Fayl tasodifan oʻchirilsa?

U «Oʻchirilganlar»ga tushadi va tiklash muddati davomida qayta tiklanadi.

Tashkilotingizda qanday ishlashini 30 daqiqada koʻring

Demoda tizimni aynan sizning tuzilmangiz misolida koʻrsatamiz va savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yoʻq.

  • Oʻrnatish shart emas
  • Tuzilmani birga sozlaymiz
  • Telegram botni ulab beramiz