Yuklama va samaradorlik

Jamoangizda kim ortiqcha yuklangan, kim boʻsh — raqamlarda

Tizim har kuni har bir xodimning faol topshiriqlari, muddatlari, davomati va faolligini hisoblaydi. Natijada siz taxmin emas, aniq koʻrsatkichga qarab ish taqsimlaysiz va ragʻbatlantirasiz.

Samaradorlik tahlili: reyting va ball tarkibi

Bu modulsiz qanday boʻladi

Tanish muammolar

01

Ish bir odamga yigʻiladi

Ishonchli xodimga hamma narsa yuklanadi, u charchaydi, boshqalar esa koʻrinmay qoladi.

02

Baholash his-tuygʻuga bogʻliq

Kim yaxshi ishlayapti degan savolga aniq javob yoʻq — mukofot ham, tanbeh ham bahsli.

03

Hisobot tayyorlash kunlab ketadi

Oy oxirida maʼlumot turli joydan yigʻiladi va Excelda qoʻlda hisoblanadi.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda

  1. Maʼlumot oʻzi yigʻiladi

    Topshiriqlar, davomat va faollik ish jarayonida tizimga tushadi — hech kim alohida kiritmaydi.

  2. Tizim hisoblaydi

    Har kecha yuklama darajasi va samaradorlik bali yangilanadi.

  3. Siz qaror qilasiz

    Reyting, boʻlimlar kesimi va AI xulosalari asosida ishni qayta taqsimlaysiz.

Imkoniyatlar

Modulda nimalar bor

Toʻrt yuklama darajasi

Ishi kam · Bemalol · Ayni meʼyorida · Ishi koʻp — har bir xodim uchun.

100 ballik baho

Davomat, topshiriqlar va faollik bitta koʻrsatkichga yigʻiladi.

Sozlanadigan ulushlar

Komponentlar va ularning ogʻirligini tashkilotingiz oʻzi belgilaydi.

Reyting va dinamika

Kim oʻsayapti, kim pasayapti — oy va hafta kesimida.

Boʻlimlar taqqoslovi

Qaysi boʻlim ortiqcha yuklangani bir qarashda koʻrinadi.

Excel va PDF

Rahbariyat uchun hisobot bir bosishda tayyor.

Lavozim boʻyicha tartib va adolatli taqqoslash

Roʻyxat lavozim pogʻonasi boʻyicha tartiblanadi, shuning uchun direktor oʻrinbosarini oddiy mutaxassis bilan emas, teng lavozimdagilar bilan solishtirasiz.

  • Xodim kesimida batafsil ball tarkibi
  • Faqat kuzatiladigan xodimlar hisobga olinadi
  • Tashabbuslar ham ballga qoʻshilishi mumkin
Xodimlar roʻyxati: boʻlim, yuklama va Telegram holati

Savol-javob

Yuklama va samaradorlik

Yuklama qanday hisoblanadi?

Xodimning faol topshiriqlari soni, muhimligi va muddatlari asosida 0–100 oraligʻida baho chiqadi va u toʻrt darajadan biriga tushadi.

Ball ulushlarini oʻzgartirsa boʻladimi?

Ha. Standart taqsimot 30/60/10, lekin har bir tashkilot komponentlar va ularning ulushini oʻzi sozlaydi.

Rahbarlar ham reytingga kiradimi?

Kimni kuzatish kerakligini oʻzingiz belgilaysiz: har bir xodim uchun davomat, samaradorlik va kunlik ishlarni kuzatish alohida oʻchiriladi.

Tashkilotingizda qanday ishlashini 30 daqiqada koʻring

Demoda tizimni aynan sizning tuzilmangiz misolida koʻrsatamiz va savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yoʻq.

  • Oʻrnatish shart emas
  • Tuzilmani birga sozlaymiz
  • Telegram botni ulab beramiz