Choraklik hisobotni tayyorlash
- Topshiriq Telegramga yetkazildi
- Jasur qabul qildi
- Muddatga 3 soat qoldi — eslatma yuborildi
Davlat tashkilotlari, taʼlim va biznes uchun
E-OFIS rahbarga kim nima ish qilayotganini, kim ortiqcha yuklanganini va qaysi ish kechikayotganini har kuni koʻrsatadi. Xodimlar esa hammasini Telegram orqali bajaradi — hech qanday ilova oʻrnatmasdan.
Siz ishlatayotgan vositalar bilan ishlaydi
Muammo
Topshiriq chatda beriladi, hisobot chatda yoʻqoladi, muddat esa oʻtib ketgach bilinadi. Tanishmi?
Qanday ishlaydi
Rahbar, xodim va tizim — har biri oʻz ishini qiladi. Hech kim hech narsani qoʻlda yigʻmaydi.
Davomat oʻzi yozildi. Telegramda: «Ish kuni boshlandi».
«Jasur, choraklik hisobotni bugun 18:00 gacha tayyorlang» — topshiriq yaratildi.
Topshiriq masʼul, muddat va fayllar bilan keldi. Bir bosishda qabul qildi.
Shifokorga borish uchun 2 soatlik ruxsat soʻradi — boʻlim boshligʻi tasdiqladi.
Rahbar uni telefonida koʻrib, qabul qildi. Kunlik ishlarga oʻzi qoʻshildi.
Davomat, bajarilgan va kechikkan ishlar — jadval va PDF koʻrinishida.
Oʻzingiz hisoblang
Chatda topshiriq qidirish, «qayerda qoldi?» deb soʻrash, qogʻoz ariza va qoʻlda tabel — har kuni bir necha daqiqadan. Raqamlaringizni kiriting.
587 soat — har oy
3,3 nafar xodimning toʻliq ish vaqtiga teng
Hisob: xodimlar × daqiqa × 22 ish kuni. Bu sizning raqamlaringiz — E-OFIS shu vaqtni ishga qaytarishga yordam beradi.
Bu vaqtni qaytarishni koʻrsatingImkoniyatlar
Topshiriqlar
Har bir topshiriqning holati, masʼuli va muddati bir roʻyxatda. Hisobotni qabul qilasiz yoki izoh bilan qaytarasiz — butun tarix saqlanadi.
Yuklama va samaradorlik
Tizim har kuni har bir xodimning yuklamasini va 100 ballik samaradorlik balini hisoblaydi. Ishni taxminga emas, raqamga qarab taqsimlaysiz.
Davomat
Turniket maʼlumoti oʻzi tushadi. Ish jadvali, bayramlar va tasdiqlangan ruxsatlar hisobga olinadi — kechikish adolatli hisoblanadi.
Telegram Mini App
Ular har kuni Telegramni ochadi — E-OFIS ham oʻsha yerda. Telefon raqamini bir marta bogʻlaydi, keyin topshiriq, hisobot, ruxsat va kunlik reja Telegram ichida.
Rahbar ovozli xabar yuboradi — u masʼul va muddat bilan topshiriqqa aylanadi.
Ish guruhida /topshiriq buyrugʻi — chatdan chiqmasdan.
Har kuni rahbarga jamoa holati jadval va PDF bilan.
Muddat yaqinlashsa — xodim ham, rahbar ham biladi.
Barcha modullar
Har bir modul alohida yoqiladi. Menyu va ruxsatlar oʻzi moslashadi.
Kim, nimani, qachongacha — va bajarildimi
BatafsilKim ishi koʻp, kim boʻsh — har kuni avtomatik
BatafsilKanban, bosqichlar va sarflangan vaqt
BatafsilHujjatlar ombori va xat-buyruq raqamlari
BatafsilAriza va ruxsat soʻrovi — qogʻozsiz
BatafsilNavbat, uchrashuv va natijani topshiriqqa aylantirish
BatafsilTurniketdan avtomatik, qoʻlda yozuvsiz
BatafsilXodimga ilova shart emas — hammasi Telegramda
BatafsilKunlik reja va hisobot, PDF arxiv
BatafsilXodim taklif beradi — rahbar baholaydi
BatafsilXodimlar bazasi, taʼtillar, eʼlonlar, bayramlar
BatafsilRaqamlar ortidagi xulosa — tayyor matnda
BatafsilHar kim uchun
Ertalab telefoningizda kim ishga kelgani, qaysi topshiriq kechikayotgani va kim ortiqcha yuklangani koʻrinadi. Topshiriqni esa yoʻlda ovozli xabar bilan berasiz.
Batafsil: Direktor va rahbariyatDavomat turniketdan oʻzi tushadi, ruxsat va taʼtil soʻrovlari tizim orqali keladi, xodimlar haqidagi maʼlumot esa bitta joyda. Oy oxiridagi hisob-kitob bir necha daqiqa oladi.
Batafsil: HR va kadrlar boʻlimiBoʻlimingiz xodimlariga topshiriq berasiz, hisobotlarni tekshirasiz va kim qancha band ekanini koʻrasiz. Ruxsat soʻrovlari ham avval sizga keladi.
Batafsil: Boʻlim boshligʻiTopshiriqlar Telegramga keladi, muddat yaqinlashsa eslatiladi. Hisobotni fayl bilan bir necha bosishda yuborasiz, ruxsat ham shu yerdan soʻraladi.
Batafsil: XodimXavfsizlik
Har bir tashkilot maʼlumoti ajratilgan, har bir amal ruxsat bilan, har bir kirish jurnalda.
Bir tashkilot boshqasining maʼlumotini hech qanday yoʻl bilan koʻra olmaydi.
Kim nimani koʻradi va oʻzgartiradi — aniq belgilanadi.
Har bir kirish vaqti, IP manzili va qurilmasi bilan.
Muntazam zaxira va oʻchirilgan fayllarni tiklash.
Savol-javob
Boshqa savolingiz boʻlsa — demo soʻrovida yozing.
Barcha savollarE-OFIS — tashkilot ichidagi ishni boshqarish tizimi. U topshiriqlar, davomat, hujjatlar, murojaatlar va loyihalarni bitta joyga yigʻadi hamda har bir xodimning yuklamasi va samaradorligini avtomatik hisoblaydi. Rahbarlar web paneldan, xodimlar esa Telegram orqali ishlaydi.
Yoʻq. Xodimlar Telegram ichidagi bot va Mini App orqali ishlaydi. Rahbar va HR uchun web panel istalgan brauzerda ochiladi.
Tizim har kuni xodimning faol topshiriqlari, muddatlari, davomati va faolligini hisobga oladi. Natijada yuklama darajasi (Ishi kam, Bemalol, Ayni meʼyorida, Ishi koʻp) va 100 ballik samaradorlik bali chiqadi. Komponentlar ulushini tashkilot oʻzi sozlaydi.
Ha. Hikvision turniket va yuz tanish terminallaridan davomat avtomatik olinadi. Terminal boʻlmasa ham boshqa modullar toʻliq ishlaydi.
Yoʻq. Masalan, topshiriqlar va davomatdan boshlab, keyinroq hujjatlar yoki loyihalarni qoʻshish mumkin.
Demo soʻrovini qoldiring. Tizimni tashkilotingiz misolida koʻrsatamiz, tuzilma va xodimlarni birga sozlaymiz hamda Telegram botni ulab beramiz.
Demoda tizimni aynan sizning tuzilmangiz misolida koʻrsatamiz va savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yoʻq.